Qadrli konferensiya ishtirokchilari!

Iqtisoddan ma’lumki xudud mamalakat iqtisodining ajralib turadigan qismi hisoblanib, boshqa tumanlardan iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi va uni boshqarish imkoniyatlari bo‘yicha ajralib turadi. Bunday tavsif O‘zbekiston va uning xudulariga xosdir. Zarafshon vohasi mamlakatning yirik industrial va madaniy markazi hisoblanib, uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Xudud  oltin, volfram, fosforitlar, kvarsli qumlar, sement xom-ashyosi, ohaktosh kabi yer osti boyliklariga ega. Oltinga boy tumanlarning mavjudligi katta ahamiyatga ega, ular asosida oltin qazib olish sanoati yuzaga keldi. Bundan tashqari O‘zbekistonda viloyat ko‘p uran konlariga ega. Bir nechta neft va gaz konlari mavjud.

Zarafshon vohasining yetakchi sanoat sohasi kon-ruda, metallurgiya, kimyo, energetika, neftegaz, mashinasozlik sohalari va qurilish materiallarini ishlab chiqish hisoblanadi. Paxtachilik, chorvachilik, sabzavotchilik, polizchilik, uzumchilik, qorako‘lchilik, ipakchilik kabi qishloq xo‘jaligi sohalari rivojlangan. Chorvachilik ko‘p tarmoqli hisoblanadi.

Xalqaro tarjibani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, amalda dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiyotni strukturali qayta qurish dasturlarida ilmiy texnik potensialga katta e’tibor qaratiladi. Ilmiy-texnik siyosatning xududiy aspektiga alohida e’tibor natijasida qoloq va depressiv xududlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida yirik ijobiy natijalarga erishildi. AQSh, Yaponiya, Xitoy, Kanada, GFR, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ilmiy – texnik potensial xududiy iqtisodiyotni isloh qilish, yuqori texnologik sohalarga asoslangan holda xududiy xo‘jalik strukturalarini takomillashtirish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechish uchun  faol qo‘llaniladi   

Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan sifatli o‘zgarishlar asosida ishlab chiqarish xarakterining o‘zgarishi yotibdi. Amalda barcha rivojlangan mamlakatlar bilimlar va ma’lumotlar bazasi asosida iqtisodiy o‘sishga, ishlab chiqarishga esa yangi ilmiy-texnik yutuqlar va informatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tadi

Bu tendensiyalar xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini tashkil etish shakllari va usullari transformatsiyasi va uni boshqarish  bilan chambarchas bog‘liq.

Xo‘jalik faoliyati va mulk shakllariga bog‘likligidan tashqari barcha ishlab chiqarish korxonalarida olimlar intellektual mahsulotiga katta talab bo‘ladi.  

G‘oyalar, texnologiyalar, proyektlar shaklidagi yangi innovatsion qarorlar natijasida fan mahsutlari bozori dinamik rivojlanmoqda va bu Respublikadagi iqtisodiy blokning jadal istiqbolli rivojlanishi asosiy faktorlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan  amaliy foydalanish  real ehtiyojlarni qondirishda kechikayapti.

O‘zbekistonning Zarafshon vohasiga xarakterli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanadigan dunyoning yetakchi olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyani tashkil etish juda ham zaurdir. Konferensiyani o‘tqazish jarayonida xududning turli xil prioritet yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘pgina ilmiy ishlanmalar muhokama qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar samaradorligini kengaytirish va oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Konferensiya ishida 100ga yaqin turli xil mamlakatlarning  yetakchi xorijlik olimlari, 200 dan  ortiq respublika olimlari, O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari, vazirliklar va boshыarmalar vakillari, hamda katta ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurti talabalari va O‘zbekistonning Ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari

Konferensiya yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi FA rahbarlari, oliy ta’lim muassalarining rektorlari, Germaniya, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Angliya, Fransiya, AQSh, Italiya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari qatnashadilar.